Oʻtgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish boʻyicha Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egalladi

    Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

    Masalan, oʻtgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish boʻyicha Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egalladi.

    Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.

    Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.