Championat.atsiaʼning xabar berishicha, Eronning «Istiqlol« klubi «Fulad«da toʻp tepayotgan Oʻtkir Yusupovga taklif bilan chiqqan, biroq posbon «Fulad«da qolishni afzal bilgan.
Endi esa «Istiqlol« «Zenit« darvozaboni Yuriy Lodiginni olishga harakat qilmoqda.
34 yoshli Yusupov oʻtgan mavsum xuzistonliklar safida 29 oʻyinda 28 ta gol oʻtkazib yubordi va 12 oʻyinda darvozasini himoya qiloldi.
Maʼlumot uchun, «Istiqlol« tarkibida oʻzbekistonlik ikki futbolchi – Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov oʻynaydi.









