Oliygohlarga birinchi kursga qabul qilingan talabalarni taʼlim muassasalariga moslashuviga yordamlashish va oʻquv jarayoni bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Birinchi kurs maktabi” (orientation weyek) tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan Shahrisabz davlat pedagogika institutida ham yangi oʻquv yilining ilk haftasida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” hamda “Birinchi kurs maktabi” (Orientation weyek) tadbirlari oʻtkazildi.
Tashkil etilgan ushbu tadbirda Institut rektori, professor oʻqituvchilar OAV vakillari ishtirok etib, talaba boʻlish baxtga erishgan yoshlarni yoshlarni tabrikladi.
— Bugun yurtimizda ilm olmoqchi, oʻz ustida koʻproq ishlamoqchi boʻlgan yoshlar uchun barcha eshiklar ochilgan, — deydi Institut rektori Sh. Nematov. — Sizdan talab etiladigani faqat oʻqish va izlanish. Men chet elda bir qancha oliygohlarda boʻlganman. U yerda yaratilgan imkoniyatlar bizning yurtimizda ham bor. Siz yoshlar kelajagimiz ertasisizlar.
Tadbir davomida prorektorlar, fakultet dekanlari ham soʻzga chiqib, talabalarga institutning tuzilmasi, tarixi, ichki tartib qoidasi va jamoasi haqida maʼlumot berdi. Ular talabalarga bilim olishlari uchun institutda barcha zarur sharoitlar yaratilganini, endi ulardan faqat izlanish va bilim olish talab qilinishini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Hamkorlik materiali