OTM larda joriy oʻquv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli qaroriga asosan oliy taʼlim tizimida 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

    Qayd etilishicha, Registrator ofisining funksional vazifalariga oʻquv boʻlimi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻlimi, ilmiy boʻlim, xalqaro aloqalar boʻlimlarining vazifalari oʻtkazilmoqda.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli qarori bilan 2024-yil 1-sentyabrga qadar oliy taʼlim tashkilotida yangi tuzilma tashkil etilayotganligi va yangi lavozimlar kiritilayotganligi sababli oliy taʼlim tashkiloti tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvaliga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritish;

    “Registrator ofisi” ni malakali (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan yoki xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tajriba oʻtagan shaxslarga ustuvorlik beriladi ) xodimlar bilan toʻldirish;

    Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Registrator ofisi” xodimlari uchun seminar-treninglar hamda iqtisodiy oʻqishlar tashkil qilish belgilandi.

    Shuningdek, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur Registrator ofisida qabul qilinadi.

    TDTU Olmaliq filialining Registrator ofisi filial asosiy binosida joylashgan boʻlib, registrator ofisning funksional vazifalari haqidagi batafsil maʼlumotni filial rasmiy veb-saytidan olish mumkin.


    Toshkent davlat Texnika universiteti

    Olmaliq filiali axborot xizmati


    Hamkorlik materiali