OTM talabalari uchun Belarus bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etiladi

    Ta'lim 12 Fevral 2024 1081

    Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiev va Belarus sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Tomonlar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida so‘nggi yillarda turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tadbirlarni sarhisob qilib, keyingi yillarda sohaning istiqbolli yo‘nalishlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni batafsil muhokama qildilar.

    Turizm sohasida ikki davlatdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2+2 qo‘shma ta’lim dasturi, tajriba kurslarini tashkillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.