OTMga kirish imtihonidan oʻta olmaganlar uchun boʻsh oʻrinlarga qoʻshimcha tanlovga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

    Ta'lim 25 Sentabr 2025 911

    Shu yilning 25-sentyabrdan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlariga 56,7 balldan yuqori ball toʻplab, kira olmaganlar uchun qoʻshimcha tanlovga roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

    Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, ammo ikkinchi bosqichda OTM va yoʻnalish tanlamagan abituriyentlar ham bazaviy toʻlov-kontrakt asosida vakant oʻrinlarga roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

    Bunday abituriyentlar OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (boʻsh) oʻrinlardan fanlar majmuasi mos boʻlgan 5 tagacha yoʻnalishni tanlashlari mumkin.

    Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligi asosida vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

    Abituriyentlarni roʻyxatga olish jarayoni 3-oktyabrgacha davom etadi, mandat natijalari esa 8-oktyabrgacha eʼlon qilinadi.

    Qoʻshimcha tanlov uchun respublikadagi oliygohlarga kunduzgi taʼlimga 19 279 ta, kechkiga 7058 ta hamda masofaviy tahsil uchun 2544 ta kvota berilgan.

    Maʼlum qilinishicha, agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va taʼlim tiliga mos vakant oʻrinlar mavjud boʻlmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.