OTMga kirishda abituriyentlarning maktabdagi baholari hisobga olinadi

    Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

    Qonunchilikka koʻra, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qoʻshiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

    Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

    — 86–100 % uchun – 5 baho;
    — 71–85 % – 4 baho;
    — 56–70 % – 3 baho;
    — 56 % gacha – 2 baho.