Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro И.Т. fuqaro Н.А.нинг ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Jismoniy tarbiya va sport universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Toshkent shahar temir yoʻl yuk hujjatlarini dasturga kiritish operatori С.Э. fuqaro Ҳ.Т.нинг ishonchiga kirib, uning farzandini tanishlari yordamida Samarqand temir yoʻl texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 2 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi (firibgarlik) va 28, 211 moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.