OTMlar faoliyati 20 ta mezon asosida baholanadi

    Tadbirda oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingini aniqlash boʻyicha belgilangan yoʻnalishlar va indikatorlar xususida ham toʻxtalib oʻtildi.

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Toshkenboyevning maʼlum qilishicha, milliy reyting doirasida bitiruvchilari mavjud 92 ta (shu jumladan, 69 ta OTM, 23 ta filial) oliy taʼlim muassasasining faoliyati samaradorligiga quyidagi 4 ta yoʻnalishdagi 20 ta indikator asosida baho berildi:

    1) ilmiy tadqiqot faoliyati va taʼlim – fan – ishlab chiqarish integratsiyasi;
    2) oʻquv-metodik ishlar faoliyati va oʻqitish sifati;
    3) talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;
    4) sportni rivojlantirish.

    Ushbu reyting natijalari yuzasidan davlatimiz rahbari tomonidan oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, taʼlim – fan – ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, xalqaro reytinglarda munosib oʻrinlarini egallash, rektor va prorektorlarning masʼuliyati va lavozimga munosibligi yuzasidan alohida choralar koʻrish boʻyicha vazifalar belgilab berildi, – dedi inspeksiya boshligʻi.