OTMlarda toʻlov-kontrakt narxlari eʼlon qilindi

    Ta'lim 22 Sentabr 2025 1170

    Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani (bakalavriat, magistratura) bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

    Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

    Eng qimmat yoʻnalishlar jahon siyosati, huquq va moliya sohasi boʻldi. Jahon siyosatida bakalavrda narxlar 11 mln 250 ming soʻmdan 13mln 713 ming soʻmni tashkil etdi. Magistraturada esa narxlar 14 mln 627 ming soʻmgachani tashkil etdi.

    Gumanitar fanlar, qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarishda bakalavr narxi 7,4 mln soʻmdan 9,4 mlngacha, sogʻliqni saqlashda 10,5 mln soʻmdan 12 mln soʻmgacha toʻlov-kontraktlar belgilandi.

    Sogʻliqni saqlash sohasida magistratura narxlari 12 mln soʻmdan 14,7 mln soʻmgacha yetgan. Transport va atrof-muhitni muhofaza qilishda kontraktlar 10 mln 450 mln soʻmgachani tashkil etdi.