Hujjat Prezidentning 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Maʼlumot uchun! 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab, davlat oliy taʼlim muassasalariga, ular minimal talablarga javob bergan taqdirda, yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Misol uchun, professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan talablar quyidagilar:

  • professor-oʻqituvchilar shtat birliklari soni boʻyicha:

- kunduzgi va kechki taʼlim shaklida - har 16 nafar talabaga 1 shtat birligi;

- sirtqi taʼlim shaklida - har 20 nafar talabaga 1 shtat birligi;

  • professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha:

- asosiy ish joyi boʻyicha ishlaydiganlar ulushi - 40%;

- bakalavriat yoʻnalishida ilmiy darajalilar ulushi - 35%;

- magistratura mutaxassisligida ilmiy darajalilar ulushi - 100%.

Oʻquv-metodik taʼminotiga qoʻyiladigan talablar:

  • har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun malaka talablari mavjudligi boʻyicha - davlat taʼlim standarti va kasb standarti talablariga muvofiq boʻlishi;
  • oʻquv rejadagi har bir fanning oʻquv dasturlari mavjudligi boʻyicha - davlat taʼlim standartlari va malaka talablarida belgilangan bilim, malaka, koʻnikma va kompetensiyalarning talabalarda toʻliq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada boʻlishi va boshqalar.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi boʻyicha:

  • bakalavriat yoʻnalishida - har 6 nafar talabaga 1 donadan;
  • magistratura mutaxassisligida - har 2 nafar talabaga 1 donadan va boshqalar.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 26.11.2021-yildan kuchga kirdi.

Nargiza Vohidova