Qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbir davomida tumanning “Farovon” MFY da yashovchi fuqarolar (X.J) hamda (G.R) lar tomonidan ov qilish taʼqiqlangan hududga kirib ov qilish talablarini buzganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKsining 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, har-biriga 3 mln 750 ming soʻmdan, jami 7mln 500 ming soʻm jarima qoʻllanildi.