Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Farmonga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan ovchilik xoʻjaligini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:

— ov qilish faqat ovchilik xoʻjaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xoʻjaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;

— ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49-yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

1️ bosqichda – 10-yil muddatga;

— investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:

2️ bosqichda – 10-yil muddatga;

3️ bosqichda – 29-yil muddatga.

Bunda, 2-yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror koʻpaytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.

— elektron onlayn-auksion gʻolibi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xoʻjaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.