Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan brifingda shu qonun mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berildi.
Qoʻmita boʻlim boshligʻi Alisher Yunusovning aytishicha, qonun bilan ov qilish, ovchilik xoʻjaligini tashkil etish va yuritish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda kamyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishning alohida tartibi belgilangan.
Endilikda chet ellik fuqarolar uchun ovni tashkil etish, ovchilik resurslarini va ov qilish joylarini muhofazalash, gʻayriqonuniy ov qilish, tegishli qonun hujjatlarini, xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar qonun talablari asosida qatʼiy amalga oshiriladi.
Shu bilan birga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari tomonidan beriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan barqaror foydalanish maqsadida yovvoyi hayvonlarni sanoat, sport havaskorlik va oʻlja olish, ilmiy tibbiy va nazorat maqsadlarida xamda chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tutish uchun toʻlovlar miqdori bir necha barobar oshiriladi.
Zuhra QARSHIYEVA,
OʻzJOKU talabasi