Davlat ekologiya qo‘mitasi va Ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat “Ekologik patrul” guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida fotosuratdagi fuqarolarning shaxsi va manzili aniqlandi.

Andijon viloyati Xonobod shahridagi “Fozilmon” va “A.Navoiy” mahallasida yashovchi A.S va R.F 2018-yilda Xonobod shahrining “Xidisha” mahalla joylashgan "G‘alabaning ellik yilligi" fermer xo‘jaligi hududida  tasqara qushini jonsiz holatda ushlab suratga tushgan. 

Ushbu fuqarolar ayni paytda chet elda bo‘lib, ulardan biri R.F. ning tez orada O‘zbekistonga qaytishi  kutilmoqda.

"Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz", deyilgan xabarda.