Qurilmaning qulayligi — undan har yerda, har qanday sharoitda foydalanish imkoniyatining mavjudligi.

Konteynerning sigʻimi 20 millilitrni tashkil etadi. Qurilma zanglamayligan poʻlatdan ishlangan boʻlib, usti yupqa qopqoq bilan yopiladi.

Heatboxdan foydalanish uchun ichki qismida joylashgan boʻlmachaga suv toʻldirish, konteynerga esa ovqat solib, ustini qopqoq bilan mahkam yopib, qizitish tugmachasini bosish kifoya. 8-12 daqiqada suv qaynab, oʻzidan bugʻ hosil qiladi. Bu esa ovqatni isitish imkonini beradi.

Foydalanuvchi iOS/Androidga moʻljallangan maxsus ilova orqali oʻziga qulay issiqlik meʼyorini tanlashi mumkin.

Qurilmaning narxi — 150 dollar. Shu yilning oʻrtalariga kelib, uni sotuvga qoʻyish moʻljallanmoqda.