Oxirgi 2 yilda 149 ta maktab filial filiallari faoliyati tugatildi

    Ta'lim 2 Iyul 2020 3260

    Hech kimga sir emas-ki, so'nggi yillarda Xalq ta'limi sohasiga katta e'tibor qaratildi.

    Jumladan, oxirgi 2 yilda:

    - 80 ta yangi maktab qurildi;
    - 806 ta maktab rekonstruktsiya qilindi;
    - 1 224 ta maktab mukammal ta'mirlandi;
    - 2 551 ta maktab burjuyka pechlardan xalos bo'ldi;
    - 775 ta maktab toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.

    SHunga qaramay, hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar juda ko'p, maktablarning umumiy soni 10 mingga yaqin. So'nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi maktablarning achinarli holati tanqid qilinayotgani ham kuzatilmoqda.

    eng og'ir masala bu maktab filiallaridir. Aksariyat holatlarda ular aholi tomonidan xashar yo'li bilan qurilib asosiy maktabga qatnash o'rniga o'sha erda o'qish tashkil etilgan. Ulardagi ahvol achinarliligi bilan birgalikda, o'quvchi soni juda kam bo'lganiga sifatli ta'limni ham tashkil etib bo'lmaydi. Odatda 1-2 sinfxonadan iborat va bir sinfda 2-3 tadan 1-3-sinf o'quvchilari ham o'qiydiganlari anchagina.

    Oxirgi 2 yilda 149 ta maktab filial filiallari faoliyati tugatildi, ulardan 125 tasiga maktab maqomi berildi. Lekin, hozirgi kunda ham 1 179 ta maktab filiallari o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Ularning ham bosqichma-bosqich faoliyati tugatilishi, aholi o'sadigan hududlarda to'laqonli maktabga aylantirilishi zarur.

    Maktabga sarmoya eng muhim sarmoyalardan biri ekanligini Xalq ta'limi vazirligi oxirgi 2 yil davomida davlat byudjetini tasdiqlovchi Oliy Majlisga, mahalliy byudjetlarni tasdiqlovchi mahalliy kengashlar va hokimiyatlarga hamda boshqa homiy va bitiruvchilarga murojaat qilib kelganligi tufayli, oxirgi 2 yildagi qurilish, ta'mirlash va jihozlashga sarmoyalar miqdori sezilarli ravishda ortdi.

    Lekin, maktablarning ahvolini yaxshilashni yanada tezroq amalga oshirish uchun, albatta, qo'shimcha mablag'lar zarur.

    SHuning uchun, maktablarga yordam uchun markazlashgan davlat investitsiya mablag'lari, mahalliy byudjet hamda homiylik mablag'lari jalb etilishida joylardagi mutassaddilarning ham yordami muhim.

    Sohada yillar davomida yig'ilib kelgan, o'z echimi kutayotgan talaygina muammolar mavjudligi barchamiz bilamiz. Ularni bartaraf etishda birgalikda amaliy harakatlar bilan yondoshsak, uning echimi ustida bosh qotirsak, maktablarga ko'maklashish masalasini umummilliy harakatga aylantirsak, albatta qo'yilgan maqsadga erishamiz.