Oxirgi 4 yilda Oʻzbekiston armiyasi qurol-aslahalarining 41 foizi yangilandi

    Harbiy 15 Yanvar 2021 3807

    Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida Mudofaa vaziri oʻrinbosari Alisher Norboyev maʼlum qildi:

    «Soʻnggi yillarda Mudofaa vazirligi tizimini texnika va qurollar bilan taʼminlash ishlari maxsus yoʻl xaritasiga binoan olib borilmoqda. Yangi texnikalarni olish bilan birga, mavjudlarini modernizatsiya qilyapmiz. Oʻzimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanyapmiz.

    Mahalliy ishlab chiqarish korxona va zavodlarimizda yangi asbob-uskunalar, texnika va texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar uchun oʻquv-amaliyotlari tashkil etyapmiz. Masalan, yaqinda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida mobil tibbiyot laboratoriyalari va markazlarini ishlab chiqdik».

    “Global Firepower” xalqaro tahlil kompaniyasi tomonidan tuzilgan eng kuchli armiyaga ega davlatlar reytingida Oʻzbekiston dunyoda 52-oʻrinda, Markaziy Osiyoda 1-oʻrinda bormoqda.