Oybekning zar choponi xorijda noyob eksponat sifatida saqlanmoqda

    Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybek yubileyiga qanday noyob sovgʻa olgani va afsonaviy Tamaraxonimning sevimli libosi haqida bilasizmi?

    XX asrning 70 yillarida Moskva tarixi muzeyi Markaziy Osiyoga ekspeditsiya joʻnatdi. Ekspeditsiya doirasida atoqli madaniyat arboblarining yodgorlik buyumlari toʻplandi. Shu tariqa muzeyga Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybekka (1905 - 1968) tegishli buyumlar kelib tushdi.

    Hozir muzeyda Oybekka 60 yilligi munosabati bilan sovgʻa qilingan parcha chopon saqlanmoqda. U ipak va zar iplar bilan bezatilgan.

    Muzeyning yana bir nodir eksponati taniqli oʻzbek aktrisasi Tamaraxonimning konsert libosidir. Xonatlasdan tikilgan koʻylak ustida kalta yengsiz yoʻl-yoʻl beqasam nimcha ham bor. Aktrisa ushbu libosni 1930-yillarda Samarqand musiqali drama teatrida ishlagan paytida kiygan.