“Chane-5” Oy zondi 2020-yilda o'z missiyasini yakunlab, Oydan Yerga tosh va tuproq namunalarini olib kelgan edi. Olimlar namunalarni tahlil qilish uchun infraqizil detektordan foydalanishdi, bunda suv izlari borligi aniqlandi.
NASA, avvalroq, 2020-yilda Oyda suv borligini tasdiqlagan va suv izlari 1960-1970-yillarda to'plangan namunalarda ham topilgandi. Biroq “Chane-5” tomonidan to'plangan namunalar ancha yuqori kengliklardan olingan bo'lib, Oy yuzasida suv qay holatda mavjudligi haqida yangi ma'lumotlarni taqdim etdi, deb xabar beradi lenta.ru.