Xabar berilishicha, Ugam–Chatqol togʻ tizmasining borish qiyin boʻlgan, murakkab relefga ega hududida joylashgan “Oygaing” yuqori togʻli meteorologik kuzatuv stansiyasida xizmat olib borayotgan xodimi ogʻir ahvolda qoladi.
Shu yilning 5-yanvar kuni “Oʻzgidromet” rahbariyati Mudofaa vazirligiga bu haqda maʼlum qilib, bemorni Harbiy havo kuchlari yordamida evokuatsiya qilish zarur ekanini bildirilgan.
Shundan soʻng Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlarining navbatchi qidiruv-qutqaruv vertolyoti yordamida xodim tezkorlik bilan Chirchiq shahridagi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. Shifokorlar tomonidan bemorga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilgan.