Bundan buyon oʻyin davomida jamoalar beshta futbolchisini almashtirishi mumkinligi qoidasi saqlanib qoladi. Bu haqda Futbol assotsiatsiyalari xalqaro kengashi – IFAB saytida maʼlum qilindi.
Ushbu qoida koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgandi. Keyin esa eski qoidaga, yaʼni oʻyin davomida uchta futbolchini almashtirishga qaytiladi, degan gap-soʻzlar paydo boʻldi. Ammo IFABning kechagi yigʻilishida futboldagi bu oʻzgarish saqlanib qolishiga kelishildi.
Bundan tashqari, yigʻilishda zaxiradagi oʻyinchilar sonini 12 nafardan 15 nafargacha oshirishiga ham ruxsat berildi.
Taʼkidlash lozimki, yakunlangan mavsumda yevro kubok va xalqaro oʻyinlarda 5 nafargacha futbolchini almashtirish qoidasiga amal qilingan boʻlsada, APLda eski qoida saqlanib qoldi, faqat uchta futbolchi almashtirilishiga ruxsat berildi.