Gap shundaki, braziliyalik volleybolchi Tandara Kaysheta qonidan taʼqiqlangan modda – doping topilgan. Rossiyaliklar esa chorak finalda Braziliya termasiga 1:3 hisobida yutqazgan.

N.Goncharovaning aytishicha, Braziliya termasining barcha oʻyinlari hisobi bekor qilinishi kerak. Chunki Kaysheta doping qabul qilgandan soʻng 6 ta oʻyinda ishtirok etgan.

Ammo buning iloji yoʻq. Chunki jamoaviy oʻyinlarda bir necha sportchidan doping topilsagina oʻyin natijasi bekor qilinadi. Kaysheta allaqachon jamoani tark etgan. Xullas, oʻyin qayta oʻtkazilmaydi.