Oʻyindan “oʻt” chiqdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda, moykachi bola 50 ming dollar atrofida turadigan mashinada yoʻl transport hodisasi sodir etganligi boʻyicha videolar tarqaldi.

    Holat boʻyicha Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 20-iyun kuni soat 17:00 lar atrofida Samarqand shahar Oʻzbekiston koʻchasida “KIA BONGO III”, “Lacetti” va “ZEEKR 001 MR7001BEV18” rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan.

    Yoʻl transport hodisasi oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan.

    Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Hodisa boʻycha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.