Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan 2 nafar fuqarolarning xatti-harakatlarida shubha paydo boʻlganligi sababli, bojxona xodimi tomonidan xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, 2 nafar fuqaro tanasining bel va oyoq qismlariga skotch bilan oʻrab yashirilgan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan qiymati 15 mln soʻmlik jami 724 dona har-xil turdagi dori vositalarini olib utayotganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.