Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona post orqali yurtimizga piyoda holda kirib kelgan fuqaro oʻz xatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarining eʼtiborini tortdi va fuqaro “Body scanner” qurilmasi orqali tekshirildi.

Oʻtkazilgan tekshiruv natijasida fuqaro oyoqlari son qismi tomoniga polietilen paketga oʻrab yashirilgan, sof vazni 899,9 gr “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Maʼlumot uchun: Viloyat bojxonachilari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 2024-yilda davomida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida aniqlangan jami 49 ta holatda 46,6 kg. giyohvandlik vositalari fosh etildi.