O'z joniga qasd qilishga uringan inson hayoti saqlab qolindi

    Hozirgi kunda mutaxassis-psixologlar tomonidan fuqaro bilan psixologik ishlar olib borilmoqda.

    Joriy yilning 9 avgust kuni soat taxminan 8:10 larda Jizzax shahridagi "Istiqlol" bolalar bog'i hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari metall to'siqqa arqon bog'lab, o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan erkakni ko'rib qolgan va uni noto'g'ri qadam tashlashdan qaytarishgan.

    Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida noma'lum fuqaro 37 yoshli Q.B. ekanligi aniqlangan. Hozirgi kunda mutaxassis psixologlar tomonidan fuqaro Q.B bilan psixologik ishlar olib borilmoqda.

    O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Axborot xizmati