Qayd etilishicha, oilanning ijtimoiy maqomini belgilash va ehtiyojmandlar roʻyxatiga kiritish maqsadida Agentlikning ijtimoiy xodimi xizmat koʻrsatish doirasida oila aʼzolarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuboradi.
Aynan shu koʻrik qizaloq avval gapira olmagan voqealarni ochiqlashga turtki boʻldi. Bu rasmiy tergov jarayonini boshlashga asos boʻldi.
Qizaloqning xavfsizligini taʼminlash maqsadida u vaqtincha oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi. Kompleks baholash natijasida onasi qaromogʻiga topshirildi. Hozirda u doimiy himoya ostida boʻlib, tiklanish jarayonidan oʻtmoqda. Unga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatilmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlangan bolaga har tomondan koʻmak koʻrsatdi va tegishli xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirdi. Natijada qiz himoya qilindi, aybdor esa qonunan jazoga tortildi.
24-iyul kuni sud qaroriga koʻra, erkak oʻz farzandiga nisbatan ogʻir jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud tomonidan unga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi, 3-qismi, “a”, “b”, “e” bandlari asosida 12-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.








