“O'zagrosug'urta” eksportni qo'llab-quvvatlaydi

    Sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilish mamlakat iqtisodiy salohiyatining ortishiga turtki bo'ladi

    Eksportni qoʻllab-quvvatlash esa iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlashning muhim omillaridan biri ekani barchaga ayon. Bu jarayonda sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish ham munosib oʻringa ega.

    Bugungi kunda “Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan eksport faoliyati bilan shugʻullanayotgan koʻplab tadbirkorlar turli qaltisliklardan sugʻurtaviy himoyaga olinib, sugʻurta hodisalari yuzasidan zararlar toʻlab berilmoqda.

    Xususan, Nishon tumanida joylashgan “Oydin charm eksport” xususiy korxonasi bilan “Eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan kompleks sugʻurta qilish” shartnomasiga koʻra salkam 90 million soʻmlik sugʻurta qoplamasi amalga oshirildi.

    Maʼlum boʻlishicha, korxona Belorus Respublikasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorga 9 ming AQSH dollaridan koʻproq oq karam mahsulotini eksport qiladi. Biroq “Oydin charm eksport” XK hisob raqamiga mazkur eksport shartnomasi boʻyicha atigi 500 AQSH dollari kelib tushgan xolos.

    “Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan mazkur sugʻurta shartnomasi, uning tijorat risklari boʻyicha tegishli hujjatlarni oʻrganilib, ushbu holat sugʻurta hodisasi deb tan olindi.

    Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirish, eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarining kengaytirilishi eksportbop mahsulotlar soni oshishi bilan birga sohada yangi ish oʻrinlarining ortishiga ham xizmat qiladi.

    “Oʻzagrosugʻurta” AJ matbuot xizmati