Qo‘shma bayonotda tomonlar halokat bilan bog‘liq masalalar, jumladan, kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha ham maqbul yechim topgani aytilgan.
Bu haqda bugun, 15 aprel kuni mamlakatlar Tashqi ishlar vazirliklari qo‘shma bayonot berdi.
Hujjatda qayd etilishicha, samolyot Rossiya havo hududida havo mudofaa tizimining “behosdan sodir etilgan harakati” oqibatida halokatga uchragan.
Ma’lumot uchun, Embraer E190 rusumli layner 2024 yil 25 dekabr kuni Bakudan Grozniyga parvoz qilayotgan vaqtda Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida halokatga uchragan. Oqibatda 38 kishi halok bo‘lgan, 29 nafar yo‘lovchi omon qolgan.
Fojeadan so‘ng Moskva va Boku o‘rtasida munosabatlar keskinlashgan edi. Ozarbayjon Rossiyadan halokat uchun mas’uliyatni tan olishni talab qilgan.
2025 yil oktyabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyotni Rossiya havo mudofaa tizimi urib tushirganini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat texnik nosozlik sabab yuz bergan bo‘lib, uchirilgan raketalar samolyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegmagan, balki undan taxminan o‘n metr masofada portlagan.
Tomonlar bildirishicha, ko‘rilgan choralar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.