Ozarbayjon Armaniston bilan chegaradagi pozitsiyalari o'qqa tutganini e'lon qildi

    Ozarbayjon Respublika qurolli kuchlarining Armaniston bilan chegaradagi pozitsiyalari o'qotar qurollardan o'qqa tutildi.

    Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

    “13-aprel kuni soat 08:30 atrofida Armaniston Qurolli kuchlari bo'linmalari Tovuzgalin tumanining Chinorli aholi punkti yo'nalishidagi pozitsiyalaridan Tovuz tumani, Qo'xonabi aholi punkti yo'nalishida armiyamiz pozitsiyalarini o'qqa tutdi”, deyiladi xabarda.

    Ozarbayjon bo'linmalari “tegishli javob choralarini ko'rdi”, deya aniqlik kiritilgan xabarda.