Ozarbayjon bilan oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik qilinadi

    “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–399-son, 18.10.2022-y.) qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

    Mazkur Bitim 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.

    Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.