Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur Bitim 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.