Majmua bilan qisqacha tanishuv asnosida Ozarbayjon delegatsiyasi vakillariga mazkur majmua haqida, xususan inshootning oʻziga xos meʼmoriy yechimi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
“Yangi Oʻzbekiston” bogʻi va Mustaqillik monumenti istiqlolimizning oʻttiz yilligiga bagʻishlab bunyod etilgan.
Oliy va yuqori martabali mehmonlar, rasmiy xorijiy delegatsiyalarning mamlakatimizga tashrifi doirasida bu yerdagi monumentga gul qoʻyish yaxshi anʼanaga aylangan.
Qardosh davlat vakillari majmuada aks ettirilgan allomalar, buyuk sarkarda va jahongirlar, jadid bobolarimiz siymolari bilan bogʻliq maʼlumotlarga alohida qiziqish bildirdi.