“Ozarbayjon BRIKSga a'zo bo'lish uchun rasmiy ariza yubordi”, deya Hojizoda so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Report” axborot agentligi.

Bokuning BRIKSga qo'shilish istagi iyul oyi boshida Shanxay hamkorlik tashkilotining Ostonadagi sammiti doirasida qabul qilingan Ozarbayjon va Xitoy o'rtasida strategik hamkorlikni yo'lga qo'yish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyada o'z aksini topdi. 11-iyul kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tgan BRIKS parlament forumining yalpi majlisida mamlakat Milliy Majlisi (parlamenti) raisi Sohiba Gafarova ham Ozarbayjon BRIKSga to'laqonli a'zo bo'lishni xohlashini ma'lum qilgandi, deb xabar beradi tass.ru.