Ozarbayjon yetakchisi Haydar Aliyev yodgorligi majmuasida boʻldi

    Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Toshkent shahriga kelgach, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Haydar Aliyev yodgorligi majmuasiga bordi.

    Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur majmua Ozarbayjon Prezidentining 2022-yil iyun oyidagi mamlakatimizga tashrifi chogʻida ochilgan edi.

    Oliy martabali mehmon yodgorlik poyiga gulchambar qoʻyib, atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi.