Ozarbayjon faxriy konsuli Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurdi

    Xalqaro hamkorlik 29 Fevral 2024 929

    Joriy yil 28-fevralda Toshkent shahar hokimi в.б. Shavkat Umurzakov va Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekistondagi konsulligining vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Delegatsiyaga konsullikning faxriy konsuli Kyanan Jalilov boshchilik qildi.

    Ozarbayjon faxriy konsuli Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurdi

    28-fevralda Toshkent shahar hokimi в.б. Shavkat Umurzakov va Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekistondagi konsulligining vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Delegatsiyaga konsullikning faxriy konsuli Kyanan Jalilov boshchilik qildi.

    Mehmonlarni samimiy qarshi olgan Ш.Умурзаков poytaxtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar koʻlami haqida maʼlumot berdi. Asosiy maqsadlar — barqaror iqtisodiyotni shakllantirish, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash, qulay investitsiya muhitini yaratish, shuningdek, jamiyatda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashdan iborat. Shuningdek, yaqin kelajakda turizm, infratuzilma, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish sohalarida qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgani haqida soʻz yuritdi.

    Kyanan Jalilov, oʻz navbatida, uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Ozarbayjon ishbilarmon doiralarining Oʻzbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishdan manfaatdorligi haqida maʼlumot berdi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida har ikki tomon ishbilarmon doiralari bilan muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.