Ozarbayjon fuqarosi AIBA rahbari boʻlmoqchi

    Sport 16 Sentabr 2020 2984

    Ozarbayjonlik Sulayman Mikailov xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (AIBA) prezidentligi uchun oʻz nomzodini ilgari surdi. 

    Bu haqda xabar tarqatgan Xalqaro olimpiya qoʻmitasi saytida aytilishicha, S. Mikailov 2018-yili Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan ijroqoʻm yigʻilishida AIBA rahbar organiga aʼzolikka saylangan edi.

    Bugungi kunda Ozarbayjon boks federatsiyasi vitse-prezidenti sifatida faoliyat koʻrsatayotgan Mikailov xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga aʼzo davlatlarning boks uyushmalariga yoʻllagan murojaatida aytishiga koʻra, agar delegatlar uni AIBA prezidentligiga saylashsa, AIBAning 16 milliard dollar atrofidagi qarzlarini uch oy mobaynida toʻlab berishini hamda tashkilot atrofiga “taraqqiyotga xizmat qiladigan” boks investorlarini jalb qilishini taʼkidlagan.

    Aytish lozimki, AIBA prezidentiligi uchun oʻtkaziladigan saylovlar joriy yilning 12-13-dekabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilishi kutilmoqda.

    Toʻlqin ROʻZIYEV.