Ushbu zamonaviy innovatsion majmua Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida barpo etilgan.
Bugungi kunda bu yerda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya evaziga 16 ta ishlab chiqarish maydoni joylashgan.
Ozarbayjon hukumati rahbariga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagich, lift, suv nasosi, sanoat konditsioneri, sovutish uskunalari kabi turli xil yuqori texnologik mahsulotlar namoyish etildi.
Taʼkidlash joiz, yetakchi xorijiy brendlar va qatʼiy sifat nazoratida ostida tayyorlanayotgan bu tovarlar ichki va tashqi bozorda yuqori talabga ega.