Ozarbayjon karantin rejimini uzaytiradi

    Dolzarb 4 Noyabr 2021 6722

    O‘zbekiston Respublikasining Boku shahridagi Elchixonasi ma»lumotiga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tezkor shtab qarori bilan ushbu davlatdagi maxsus karantin rejimi 2022-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qiladi.

    Amaldagi qoidalarga ko‘ra, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Ozarbayjon Respublikasi hududiga kirishi uchun pasport turidan (xorijiy, diplomatik) qat’i nazar, o‘zlari bilan birga quyidagilarni olishlari kerak:

    - Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtabning maxsus ruxsatnomasi. Ushbu ruxsatnomani rasmiylashtirish to‘g‘risidagi so‘rov belgilangan tartibda qabul qiluvchi tomon tarafidan oldindan, ya’ni Ozarbayjonga jo‘nab ketishdan 14 ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda Tezkor shtabga jo‘natilishi zarur. Shu bilan birga, arizaning mavjudligi ruxsat olishni kafolatlamaydi xamda ruxsatnomaning berilishi – Ozarbayjonga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Davlat chegara xizmatining tegishli ro‘yxatlarga o‘z vaqtida kiritilishni ta’minlanmasligi mumkin;

    - Ozarbayjonga jo‘nashdan oldin so‘nggi 72 soat mobaynida olingan СOVID-19 aniqlash uchun PZR-testinig salbiy javobi to‘g‘risidagi tibbiy ma'lumotnoma. Chegaradagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha tekshiruvlardan va aeroportda rasmiyatchiliklardan aylanib o‘tish imkonini beruvchi QR-kod bo‘lishi ma'qul (QR -kodi mavjud bo‘lmagan ma'lumotnomalar egalari Boku shahrining aeroportida batafsil tekshiruvdan o‘tadilar);

    - СOVID-19 pasportlarining turlaridan biri: «СOVID-19ga qarshi vatsinatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma» (fuqaro koronavirus infetsiyasiga qarshi vatsinaning kamida ikki dozasini olgandan keyin O‘zbekistonning vakolatli tibbiyot organi tomonidan beriladigan hujjat) yoki «СOVID-19 immuniteti guvohnomasi» (fuqaroda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganligi va uning qonida antijismlar mavjudligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli tibbiyot organi tomonidan beriladigan hujjat. Ushbu hujjat Ozarbayjonga kirishdan kamida 6 oy oldin berilgan bo‘lishi kerak).

    Sanab o‘tilgan hujjatlarnig fuqaro yonida bo‘lmagan taqdirda, ijtimoiy mavqyei, davlat idoralarida va tijorat tuzilmalarida egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, ularga Ozarbayjonga kirish taqiqlanadi va kelgan davlatiga qaytariladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi mabuot xizmati.