Ozarbayjon Mudofaa sanoati vaziri boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keldi

    Harbiy 4 Aprel 2021 1418

    Ozarbayjon Mudofaa sanoati vaziri oʻrinbosari Baxishov Mexman Abbas oʻgʻli boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

    Bugun, 4-aprel kuni tashrif doirasida ushbu delegatsiya vakillari Oʻzbekiston Mudofaa vazirining oʻrinbosari polkovnik Alisher Narbayev bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi va Ozarboyjon mudofaa sanoati vazirligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borildi.

    Leytenant

    Bobur ELMURODOV,

    “Vatanparvar”