“9-aprel kuni taxminan soat 10:40 da Armaniston qurolli kuchlari bo'linmalari Kelbajar tumanining Istisu aholi punkti yo'nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o'qotar qurollardan o'qqa tutdi”, deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Ozarbayjon qurolli kuchlarining ushbu yo'nalishdagi bo'linmalari “tegishli javob choralarini ko'rgan”, deb xabar beradi tass.ru.
Avvalroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 8-aprel oqshomida respublika kuchlarining Lochin tumanidagi pozitsiyalari o'qqa tutilgani haqida xabar bergan edi.