Ozarbayjon Prezidenti Armaniston bilan tinchlik shartnomasini tuzish shartini aytdi

    Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritilsa, Ozarbayjon va Armaniston o'rtasida tinchlik o'rnatilishi mumkinligini aytdi.

    Ilhom Aliyevning so'zlariga ko'ra, Armanistonning da'volari Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olmaslik, Qorabog'ni Ozarbayjondan ajratib olish kabi masalalarga asoslangan.

    “Agar Armaniston Ozarbayjonga nisbatan hududiy da'volariga chek qo'ysa, Konstitutsiya va boshqa huquqiy hujjatlarga o'zgartirishlar kiritsa, tinchlikka erishish mumkin”, dedi u Bokuda Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuvda.

    Ilhom Aliyevning qo'shimcha qilishicha, Ozarbayjon va Armaniston o'rtasida de-fakto tinchlik allaqachon mavjud va bir necha oydan beri mamlakatlar chegarasida tinch vaziyat hukm surmoqda.

    Ammo bu jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazish uchun tinchlik shartnomasini imzolash va Armanistonning Ozarbayjonga nisbatan hududiy da'volariga chek qo'yish zarur, dedi u.

    Ozarbayjon Prezidentining aytishicha, Armanistonning mustaqillik huquqi Qorabog' mintaqasini qo'shib olish va Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini buzishga to'g'ridan-to'g'ri chaqiriqlarni o'z ichiga oladi va bu hujjatga havolalar Armaniston Konstitutsiyasida o'z aksini topgan.

    Noyabr oyida Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasining asosiy tamoyillari bo'yicha kelishib olgan edi.

    Avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida tinchlik o'rnatish va munosabatlarni normallashtirishning uchta asosiy tamoyili haqida gapirgan edi.

    Shuningdek, Armaniston hujum qilmaslik to'g'risidagi paktni imzolashni Ozarbayjonga taklif qilgandi, deb xabar beradi korrespondent.net.