Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Islom Karimovni xotirladi

    Xalqaro hamkorlik 15 Sentabr 2022 1269

    Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Hazrati Xizr majmuasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qoʻydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

    Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining faxriy mehmoni – Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Hazrati Xizr majmuasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qoʻydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

    Qurʼon oyatlari tilovat qilindi.

    Ilhom Aliyev Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va jahon hamjamiyatida oʻz oʻrnini topishida Islom Karimovning xizmatlari katta boʻlganini taʼkidladi.