Ozarbayjon Prezidenti mamlakat parlamentini tarqatib yubordi

    Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Milliy Mejlisni (mamlakat parlamenti) tarqatib yubordi va navbatdan tashqari parlament saylovlarini 1-sentabrga belgiladi.

    Davlat rahbarining tegishli farmoyishi o'z saytida e'lon qilindi, deb xabar beradi tass.ru.

    “Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 1-bandini hisobga olib, qaror qilaman: Ozarbayjon Respublikasining oltinchi chaqiriq Milliy Mejlisi tarqatib yuborilsin. Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisiga navbatdan tashqari saylovlar 2024-yil 1-sentabrga belgilansin”, deyiladi hujjatda.