Ozarbayjon Prezidentining tashrifi yakunlandi

    Hukumat 22 Iyun 2022 6405

    Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning mamlakatimizga davlat tashrifi yakunlandi.

    Prezidentlarning muloqoti juda samarali bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida deklaratsiya hamda ko‘plab boshqa hujjatlar imzolandi. Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti Xorazmda davom etdi.

    Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni aeroportda kuzatib qo‘yib, Toshkentga qaytib keldi.