Ozarbayjon Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-polkovnik Eyvazov V.S.ga

    Xavfsizlik 2 Iyul 2020 1551

    Hurmatli Vilayat Suleyman o‘g'li!

    Sizni va Siz rahbarlik qilayotgan tashkilotning barcha xodimlarini kasb bayrami – Ozarbayjon Respublikasi politsiyasi kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilishingizni soʻrayman.

    Mazkur bayram qalbida Vatani va xalqiga boʻlgan chin muhabbati tufayli har qanday qahramonlikka tayyor, kuchli iroda va matonatga ega boʻlgan insonlarga nisbatan chuqur ehtirom va hurmatni aks ettiradi.

    Yana bir bor tinchlik va osoyishtalik, huquq tartibot va xavfsizlikni taʼminlash yoʻlidagi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik yana-da mustahkamlanib, rivojlanib borishiga ishonch bildirib qolaman.

    Shuningdek, hurmatli Vilayat Suleyman oʻgʻli, fursatdan foydalanib, sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilashga ijozat bergaysiz.

    Chuqur hurmat ila,

    Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri,
    general-leytenant P. Bobojonov