Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirini qabul qildi

    Xalqaro hamkorlik 15 Noyabr 2023 707

    Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 14-noyabrda Boku shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovni qabul qildi.

    Suhbat chogʻida sarmoyaviy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi va oʻzaro savdo yoʻnalishlaridagi ikki tomonlama koʻp qirrali hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi.

    Energetika, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, toʻqimachilik sanoati va mashinasozlik sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

    Oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan hamkorlik dasturlarini tayyorlash, hududlar forumi hamda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi Hukumatlararo komissiya yigʻilishini oʻtkazish boʻyicha takliflar qoʻllab-quvvatlandi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.