Ozarbayjon Respublikasining bir guruh fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 30 Avgust 2022 4111

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni amaliy ma’no-mazmun hamda yangi tashabbuslar bilan boyitish, ikki mamlakatning qardosh xalqlari o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

    “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

    Mammadova Gulyanaq Zakir qizi - R. Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri vokalisti

    “Do‘stlik” ordeni bilan

    Mustafayev Shahin Majid o‘g‘li - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi sharqshunoslik instituti bo‘lim mudiri, akademik

    Askarov Ramiz Baxshali o‘g‘li - Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor

    Binnatova Almas Qasim qizi - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limi mudiri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev