Ozarbayjonning ITV ijtimoiy telekanalining “Xayrli tong, Ozarbayjon” (“Sabahın xeyr Azərbaycan”) dasturida Oʻzbekiston boy madaniyati va urf-odatlari, mamlakatimizda Navroʻz bayramini nishonlash anʼanalariga bagʻishlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Oʻzbekiston elchixona koʻmagida tashkil etilgan koʻrsatuvda Navroʻz ayyomini nishonlashning asosiy jihatlari, bahor va yangilanish bayramini viloyatlarimiz va mahallalarda oʻtkazilishi haqida qiziqarli maʼlumot va lavhalar berildi.

Shu bilan birga, koʻrsatuv pavilyonida oʻzbek milliy matolari, hunarmandchilik mahsulotlari va kulolchilik buyumlari namoyish etildi. Oʻzbekona bahoriy taomlar qoʻyilgan dasturxon bezatildi. Navroʻzning shoh taomi sumalakni tayyorlash va choy uzatish marosimi misolida oʻzbek urf-odatlari boshlovchilar tomonidan batafsil tushuntirildi.
Oʻzbek milliy raqsi — lazgining namoyishi teledasturning kulminatsion nuqtasi boʻldi.

Maʼlumot uchun: ITV telekanali 2004-yilda oʻz faoliyatini boshlagan. Kanalda ijtimoiy yoʻnaltirilgan, tezkor axborot dasturlari, realiti-shoular, turli mavzulardagi tonggi koʻrsatuvlar namoyish etiladi.
“Xayrli tong Ozarbayjon” teledasturi har kuni ertalab jonli tarzda efirda uzatiladi.